Shomurodov nima bilan mashg‘ul?

  • 12 noyabr, 2020, 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya A Seriyasida ishlari yurishmayotgan “Jenoa” murabbiylar shtabi mashg‘ulotlar jarayoniga alohida e’tibor qaratishga harakat qilmoqda.

Xususan, asosiy tarkibning aksariyat o‘yinchilari koronavirusni boshidan o‘tkazgani, jarohatlanganlarning ko‘pligi tufayli har bir futbolchining tayyorgarligi va jismoniy imkoniyatlariga  individual tarzda e’tibor qaratilmoqda. Bosh murabbiy Rolando Maran shogirdlarining jismoniy holatini kuchaytirish uchun har kuni mashg‘ulot o‘tkazishga qaror qildi. “Jenoa” futbolchilari yakshanba kuni ham dam olmasdan, mashg‘ulotlarda qatnashadigan bo‘ldi.

Allenamento.jpg

Kunning birinchi yarmiga belgilangan mashg‘ulotlarda jismoniy yuklamalar, o‘zaro o‘yin va taktik darslardan tashqari, futbolchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va taomlanish ratsioni ham qat’iy nazorat ostida o‘tmoqda.

“Jenoa” rasmiy sayti oktyabrda jarohat olgan Eldor Shomurodov jarohatidan tiklanish jarayonida qaysi dastur asosida shug‘ullanayotganini ham  ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik legioner trenajyor zalida shug‘ullanish bilan birga, murabbiylar nazoratida ochiq havoda tashkil etilayotgan “kross”, “slalom”, “sprint” kabi tezlik va chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni bajarmoqda.

IMG_20201111_213812

A Seriyada ettita tur yakunlariga ko‘ra, besh ochko bilan  18-o‘rinni egallab turibdi. Genuyaliklar navbatdagi uchrashuvni 22 noyabr kuni safarda “Udineze” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Eldor Shomurodov bo‘lajak uchrashuvgacha jarohatidan butkul qutilib, sport formasini tiklab olishga ulgurishi aytilmoqda.

O‘zbekistonning eng zo‘r to‘purarlari: Shatskixdan Shomurodovgacha!

Shomurodov – katta yo‘qotish!

Karpin Shomurodovni nega “qiyshiqoyoq” degan edi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!