Shomurodov OFK so‘rovnomasida ishtirok etmoqda!
Yozgi transfer vaqtida "Roma" klubi safiga borib qo‘shilgan legionerimiz Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasi 1-turidan o‘rin olgan "Fiorentina"ga qarshi bahsda assist muallifiga aylandi.
Shuningdek, Konferentsiyalar ligasida "Tranbozspor" jamoasi bilan bellashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Har hafta qit’aning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazadi OFK rasmiy saytida bu safar Shomurodovning nomzodi ham e’tirof etildi.
"Eldor Shomurodov - "Roma", O‘zbekiston
"Trabzonspor"ga qarshi o‘yinda 82 daqiqa, 1 gol, uzatmalar aniqligi 90%
"Fiorentina"ga qarshi o‘yinda 26 daqiqa, 1 assist",-deya izoh qoldirdi OFK rasmiy sayti.
Hamyurtimizning g‘alabasi uchun o‘z hissangizni qo‘shish imkoniyatiga egasiz. Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etishingiz mumkin:
Fikrlar