Shomurodov o‘rniga kelgan hujumchi ishonchni oqlamadi
O‘tgan yozda “Roma” rahbariyati o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni Turkiyaning “Istanbul Boshakshehir” klubiga ijaraga jo‘natib, o‘rniga Angliya Premyer-ligasining eng iqtidorli forvardlaridan Evan Fergusonni olib kelgandi.
Irlandiyalik futbolchining Italiyadagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi. U barcha turnirlarda 22 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol va ikkita assist qayd etdi. Qolaversa, Ferguson to‘pig‘idan og‘ir jarohat olgan va yozgacha maydonga qayta olmaydi.
Vaziyatdan kelib chiqib, Rim klubi rahbariyati “Brayton”dan Fergusonning shartnomasini to‘liq sotib olish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi. O‘yinchi Angliyaga qaytarib yuboriladi.
21 yoshli irlandiyalik futbolchi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida boshlagani juda istiqbolli o‘yinchi hisoblangan, ammo uni doimiy ravishda jarohatlar bezovta qilib kelmoqda.
Football Italia ma’lumotiga ko‘ra, ular orasida 2023–2024 yilgi mavsumidagi cho‘ksimon bog‘lamlar uzilishi va 2024–2025 yilgi mavsum boshidagi ayrim sog‘liq muammolari ham bor.
Endi u operatsiya o‘tkazish uchun Buyuk Britaniyaga boradi va shu sababli uning uchun mavsum amalda yakunlangan hisoblanadi. Shu sababdan “Roma” muammosi bor futbolchini sotib olmasligi aniq.
Fikrlar