Shomurodov o‘ynagan o‘yinda "Jenoa" A Seriya debyutanti bilan durang qayd etdi (video)

  • 22.04.2021 04:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 32-turida “Jenoa” o‘z maydonida “Benevento”ni qabul qildi.

Gollarga boy va murosasiz kechgan o‘yin 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Shu kuni mezbonlar safida Goran Pandev (11', 21') dubl qayd etgan bo‘lsa, mehmonlarning gollariga Benito Nikolas Viola (5') hamda Janluka Lapadula (15') mualliflik qildi.

Biz uchun ahamiyatlisi, genuyaliklar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 71-daqiqada maydonga tushirildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!