Shomurodov "Spetsiya" ustozining e’tiboridan chetda qolib ketdi

  • 27 fevral, 2023, 07:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 24-turidan o‘rin olgan "Udineze" - "Spetsiya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Mezbonlar safida Betunshal hamda Pereyra gol urgan bo‘lsa, spetsiyaliklardan Nzolo dubl muallifiga aylandi. 

Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvda zaxiradan maydonga tushib, o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi.

O‘yindan so‘ng "Spetsiya" bosh murabbiyi Leonardo Semplichi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

"Uchrashuv davomida futbolchilarni g‘alabaga ishontirishga harakat qildim. Bugungi bellashuvda bizga muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi zarur edi. Biz buni maksimal darajada his qilib o‘ynadik. 

Nzola biz uchun muhim futbolchi va u tobora yorqin namoyish etmoqda. Joriy mavsum har bir futbolchimizda o‘ziga xos progress davom etmoqda. Bugungi bahsda ular buni yana bir bor isbotlashdi. 

Endi "Verona"ga qarshi o‘yin haqida o‘ylashimiz zarur. Bizda yana bir hafta bor. Yigitlar har bir uchrashuvda zavqlanib to‘p tepishini xohlayman", - dedi spetsiyaliklar ustozi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!