
Shomurodov tanlovlar orasida: "Yuventus" RPLdan yana bir nomzod topdi
"Yuventus" klubi yozgi transfer vaqtida hujumchi xarid qilish fikridan qaytmayapti. Turinliklar nafaqat Evropadan, balki Osiyodan ham futbolchi sotib olishga qarshi emas.
"Keksa senoralar" Alvaro Morataga zaxira varianti sifatida Eldor Shomurodov ("Jenoa"), Arkadiush Milik ("Marsel"), Janluka Skamakka ("Jenoa") nomzodlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Tuttosport" nashrining ma’lum qilishicha, Turin klubi "Rubin" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya xizmatiga ham qiziqish bildirmoqda. 20 yoshli iqtidor egasini "Milan" va "Bavariya" klublari ham kuzatmoqda.
Eldor Shomurodov joriy mavsum "Jenoa" safida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan. Xvicha 22ta o‘yinda o‘z nomiga 4ta gol hamda 8ta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar