
Shomurodov uchun yaxshi imkoniyat. "Roma" hujumchisi jamoadan ketadi
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Janluka Di Martsio xabar berdi.
31 yoshli yarim himoyachiga "Galatasaray" faol qiziqish bildirmoqda. Mauro Ikardi mavsum oxirigacha xochsimon boylamlari jarohati tufayli safdan chiqqan.
Argentinalik futbolchining agenti Karlos Novel Istanbulda bo‘lib, Turkiya klubi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, turk klubi futbolchiga 10 million evro maosh taklif qilishga tayyor.
Dibala agar klubning o‘zi uni sotish istagini bildirmasa, qishda "Roma"ni tark etishni istamaydi. Shu bilan birga, "Galatasaray" ham hujumchining tovon puliga ortiqcha pul sarflashni xohlamayapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Dibala A Seriyada 13 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.
Fikrlar