Shomurodov va O‘runov o‘ynayotgan chempionatga Braziliyadan Kaka keladi

  • 26.05.2020 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Moskvaning TsSKA klubi “Kruzeyro” himoyachisi Kaka Junior transferi bo‘yicha ish boshlagan. Tomonlar futbolchining Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgan.

Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli muzokaralarda tanaffus e’lon qilindi. Moskvaliklar 21 yoshli futbolchi uchun “Kruzeyro”ga 4 million evro taklif bermoqchi. 

Kaka Junior joriy mavsumda Braziliya chempionatida ettita uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!