
"Shomurodov va zaxira so‘zlari bir ma’noni ifoda etadi"
Italiya A Seriyasi 30-turining markaziy to‘qnashuvida muxlislar Rim derbisiga guvoh bo‘ldi.
"Roma" - "Latsio" bellashuvida "bo‘rilar" 3:0 hisobida raqibni tor-mor keltirdi. Eldor Shomurodov o‘yinni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi. Mashhur sharhlovchi Xayrulla Hamidov o‘z "Telegram" kanali orqali legionerimiz haqida fikr bildirdi:
"Shomurodov va zaxira so‘zlari bir ma’noni ifoda etadi. Rim derbisida ham Eldor asosiy tarkibda yo‘q. Maurning qutqaruvchisi oxirgi o‘n besh daqiqalikda tushsa kerak".
Ma’lumot uchun, Shomurodov so‘nggi bor 4 dekabr kuni "Inter"ga qarshi 90 daqiqa o‘ynagan edi.
Fikrlar