Shomurodovdan so‘ng "Rostov"ning yana bir yulduzi jamoani tark etmoqchi

  • 10 oktabr, 2020, 23:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Rostov" yarim himoyachisi Matias Normann Norvegiya terma jamoasi ishtirokidagi matbuot anjumanida o‘z faoliyatida o‘zgarish sodir bo‘lishi mukinligini aytdi. Bu haqida jurnalist Arilas Uld-Saada o‘zining "Tvitter" sahifasida ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, norvegiyalik futbolchi APLga qaytishi mumkin. Unga "Fulxem" jamoasidan qiziqish bor. O‘tgan yili Normann MYuning transfer ro‘yxatidan joy olgan edi. Mankuniyaliklar ustozi Sulsher "Rostov" etakchisi bilan Norvegiyaning "Molde" klubida birga ishlagan. Ammo tomonlar kelishuvga erisha olmagan edi.

24 yoshli futbolchi rostovliklar safiga 2018 yil "Brayton" jamoasidan kelib qo‘shilgan. Joriy mavsum u jamoasi libosida 9 ta o‘yinda harakat qilib, 1 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!