
Ana xolos: Bahodir Jalolovning jangi yana bekor qilinganga o‘xshaydi!
Bir necha kun avval taniqli bokschi, hamyurtimiz Bahodir Jalolovning keyingi jangi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Aniqrog‘i, "Boxrec" portali "Katta O‘zbek" 10 avgust kuni AQShning Pomona shahrida bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.
Biroq bugunga kelib, ushbu xabar portaldan o‘chirib yuborildi. Bokschimiz hamkorlik qiladigan "Top Rank" promouterlik kompaniyasi esa mazkur vaziyatga hozircha izoh bermadi.
Fikrlar