Shomurodovga kim ustozlik qiladi? "Roma" yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga yaqin

  • 23 may, 11:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta"ning amaldagi bosh murabbiysi Jan Pero Gasperini murabbiylik faoliyatini "Roma"da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Sebastyan Sarno ma’lum qildi.   

Manbaning xabar berishicha, "Roma" Gasperini bilan kelishuvga juda yaqin, tomonlar doimiy muloqotda. Ta’kidlanishicha, ommaviy axborot vositalarida tilga olingan boshqa barcha nomzodlar haqidagi ma’lumotlar ishonchli emas.

Gasperini "Atalanta"ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. 67 yoshli italiyalik mutaxassisning shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi. 37-tur yakuniga ko‘ra, "Atalanta" 74 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. "Roma" esa 66 ochko to‘plab, beshinchi pog‘onada joylashgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
23/05/2025 12:13
Клопп кани