Shomurodovga “Yuventus” kerakmi?

  • 12 iyun, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Oxirgi o‘n yillikda ilk bor chempionlikni qo‘ldan chiqargan “Yuventus” katta o‘zgarishlar arafasida turibdi. Bu jamoani qabul qilib olgan Massimiliano Allegri tarkibni o‘ziga moslashtirishga harakat qilmoqda.

Keyingi paytda turinliklar bir emas, bir necha hujumchilarga ehtiyoj sezayotgani va yozda asosiy e’tiborini aynan oldingi chiziq vakillariga qaratishi haqida ko‘p xabarlar tarqatilmoqda. Italiya matbuoti bu orada “Yuventus” mutasaddilari “Jenoa”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish eta boshlagan Eldor Shomurodov variantini ham o‘rganayotganini yozmoqda.

large (3)

Ma’lumki, qishki transferlar vaqtida turinliklar o‘zbek futbolchisiga qiziqqani aytilgandi va bu katta shov-shuvlarni keltirib chiqargandi. O‘shanda Shomurodov hozirgi darajasidan pastroq o‘yin namoyish qilayotgan edi. Keyinroq, “Jenoa” prezidenti Enriko Pretsiozi haqiqatan “Yuventus” vakillari Eldor haqida ma’lumot so‘raganini tasdiqlab, uning sotilmasligini ham bildirgandi.

Ayni paytda mutaxassislar Eldor Shomurodov qaysi sifatlari bilan “Yuventus” vakillari e’tiborini tortayotganini tahlil qilib, ayrim xulosalarni muxlislar e’tibor havola qilmoqda. Hozir shular haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Birinchidan, hozir “Yuventus” zaxirasida hujum markazida o‘ynay oladigan futbolchi yo‘q. Tarkibdagi yagona klassik hujumchi “Atletiko”dan ijaraga olingan Alvaro Morata. Allegri uning o‘yin uslubini yoqtiradi va klub rahbarlaridan ijara muddatini uzaytirishni so‘ragan. Agar kelishuv o‘xshamasa, jamoa markaziy hujumchisiz qoladi va Ronaldu – Dibala tandemiga suyanishga majbur bo‘ladi. Shu bois, “Yuventus” Morataning o‘rnini bosa oladigan markaziy hujumchiga muhtoj. Talab shuki – transfer qimmat bo‘lmasligi lozim. Shomurodov bu borada ayni muddao.

186402498_4571030329574518_4095748300717632062_n

Ikkinchidan, “Yuventus”da yulduz hujumchilarni olish uchun ortiqcha pul yo‘q. Evropa Superturniri turinliklarga foyda keltirishi kutilgandi. Lekin musobaqa boshlanmay turib, inqirozga yuz tutdi. Moliyaviy qiyinchiliklarga ko‘milib qolgan “Yuventus” asosiy tarkib uchun bir necha futbolchilar transferini rejalashtiryapti va shu bois, zaxira uchun qimmat hujumchi olmaydi. Shomurodov bu borada munosib nomzodligi aytilmoqda. “Jenoa” uni 7,5 million evroga olgan va 12-15 million evroga sotib yuborishga qarshi bo‘lmaydi. Bu narx turinliklarni qoniqtiradi va Eldor katta maosh talab qiladigan futbolchilar toifasidan emas.

Uchinchidan, Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, natijaga ta’sir o‘tkaza oladigan futbolchi. Yakunlangan mavsumda hamyurtimiz ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi va bir marta golli pas oshirdi, bir necha marta golli vaziyatlarda bevosita ishtirok etdi. Shu sifatlarini inobatga olib, ekspertlar Eldor Morataga ajoyib o‘rinbosar bo‘la olishini ta’kidlamoqda.

188608880_4594841297193421_2590903739272159848_n

To‘rtinchidan, Shomurodov va Allegrining yoqimtoyi Morata bir tipdagi hujumchilardir. Har ikkilasi baland bo‘yli va juda harakatchan. Ikkisi ham himoyaga qaytib o‘ynashni yaxshi uddalaydi va maydon ichiga hamda qanotlarga o‘tib, samarali harakatlarni amalga oshira oladi. Eng muhimi, Massimiliano Allegri aynan mana shu xususiyatlarga ega hujumchilarni qadrlaydi. Va uning qo‘l ostida Morata avval ham “Yuventus”da zo‘r o‘ynagan. Shuning uchun ham ispan hujumchisiga o‘xshagan o‘yin uslubini yaxshi o‘zlashtirgan Shomurodov ham Allegri bosh murabbiyligida o‘zini ko‘rsata oladi, degan umid paydo bo‘lmoqda.

Mutaxassislarning yuqorida keltirgan to‘rt xulosasiga qo‘shimcha ravishda aytishimiz mumkinki, Eldor Shomurodov professional futbolchi sifatida o‘zida jamlagan tezkorlik, kurashuvchanlik, mehnatsevarlik, bosh bilan o‘ynash, so‘nggi pas berish, golni his qilish, dribling, himoyalanish, baland sakray olish, to‘pni olib qo‘yish kabi xusisiyatlari va shuningdek, kamtarlik, axloq, bag‘rikenglik, futbolni puldan ustun qo‘yish, kamchiliklari ustida ishlashdan qochmaslik, muomala madaniyati singari umuminsoniy fazilatlari bilan ham har qanday murabbiyning e’tiborini qozona oladi.

158287165_4367517569925796_6818305316766061551_o

Biroq, shu o‘rinda yana bir mulohaza. “Yuventus” Eldor Shomurodovni olgan taqdirda ham zaxira hujumchisi sifatida qabul qiladi. Bizningcha, hujumchimiz aynan maydonda javlon uradigan yoshda. Ayni pallada Shomurodov nomdor klubda vaqti kelishini kutib o‘tirganidan ko‘ra, “Jenoa”da yoki shunga o‘xshash jon-jahdi bilan kurashadigan jamoalarda muntazam o‘ynagani ma’qul.

Siz nima deysiz, aziz muxlislar, Shomurodovga “Yuventus” singari grand klublar kerakmi?

Rasman! Rossiya klubi chempion futbolchimizni oldi!

O‘runovga Chempionlar ligasi ishtirokchisi xaridor!

Shomurodovni yulduzli onlar kutmoqda!

Bizga Shomurodov kerak!

Shomurodovning bu “ishini” faqat futbolchi va murabbiylar biladi xolos!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
azam nazarov
11/06/2021 10:24
Дарахт ҳам бир жойда кўкаради. Илдиз отиб олсин қани, акалар.
&
LiViRpUl+ GeNeO
11/06/2021 09:19
Podadan oldin chang chiqarmanglar sport tv ijotkorlari eldorni uzi hal qilgani maqul