Shomurodovni almashtirgan yaponiyalik futbolchi "Rostov"da debyut qildi
Bundan biroz avval Rossiya premer-ligasining yangi mavsum dastlabki turidan o‘rin olgan “Tambov” - “Rostov” bellashuvi yakunlandi.
Shu kuni rostovliklarning yaponiyalik legioneri Kento Xasimoto o‘zining jamoadagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Qizig‘i, osiyolik futbolchi boshqa bir qit’adoshi – Eldor Shomurodovning o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
26 yoshli Xasimoto “Rostov”ga shu yoz “Tokio” klubidan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar