Shomurodovni tanqid qilganlar qani?

  • 04.01.2021 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 8
  • Futbol

A Seriyaning 15-turida “Jenoa” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qilib, bir ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘yinning ikkinchi yarmida maydonga tushgan Eldor Shomurodov jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. U maydonni katta tezlikda bosib o‘tib, Mattia Destroni qulay pozitsiyaga chiqargan pas berdi va genuyaliklar javob golini urdi.

Eldorning o‘yini “Jenoa” muxlislariga manzur bo‘lmoqda. Ular hamyurtimizning harakatlarini ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilyapti va o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

E’tiboringizga genuliu futbol ishqibozlarining “Latsio” bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin Shomurodov haqida bildirgan fikrlarini havola etamiz.

Luigi Bozzano:

Shomurodov uchrashuv taqdirini hal qila olish qobiliyatini yana bir karra namoyish etdi. Italiya kubogi doirasida “Sampdoriya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi kabi to‘pni butun maydon bo‘ylab olib o‘tdi va golli pas uzatdi. U juda foydali o‘yinchi!

135574797_4192617674082454_8272958649830949904_o_1

Ariano Merlo:

Men uchrashuv boshidan Marko Pyatsani birinchi daqiqadan o‘ynatish xato ekanini bilgandim. Ballardini Eldorni maydonga tushirganidan keyin Shomurodov va Destro dueti jamoa o‘yinini qanday o‘zgartirib yuborganini hamma ko‘rdi. Menimcha, mana shu ikki hujumchi asosiy tarkibda birga o‘ynashi kerak.  

Daniele Sturla:

Shomurodov va Destro o‘zaro hamkorlikda zo‘r o‘ynayapti. Ular bir birini juda yaxshi tushunadi. Bu holatda Goran Pandev zaxirada qolib ketishi mumkin. Aslida u faxriy futbolchi va boshlang‘ich tarkibda o‘ynashga qiynalyapti. Ochig‘ini tan olaylik, anchadan beri jamoaning hujum chizig‘i yangilanishini kutayotgan edik. Mana shu kunlar ham keldi.

Carlo Cibrario:

Ballardini Shomurodovga ishonmayotgan edi. Endi janob fikrini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Eldor jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Amilcare Giopp:

Ko‘pchilik o‘zbek futbolchisi o‘ziga sarf qilingan mablag‘larni oqlay olmayotganini gapirmoqda. Bu safsata. Faktlarga e’tibor bering. U maydonda jami 533 daqiqa o‘ynadi. Bu vaqt mobaynida Eldor bitta gol urdi, ikkita golli pas oshirdi, uning xavfli zarbasidan keyin Destro “Milan” darvozasini ishg‘ol qildi. O‘zbek hujumchisi 533 daqiqa ichida jamoaning to‘rtta golida bevosita ishtirok etdi. Ajoyib samaradorlik. Kimlardir shunda ham uni tanqid qilmoqda!

Riccardo Visconti: (Amilcare Giopp fikriga javoban)

Uni tanqid qilayotganlar futbolni tushunadigan odamlar emas, balki faqat gollar soniga qarab, xulosa qiladiganlardir. Qolgan hamma Shomurodov juda foydali o‘yinchi ekanini yaxshi anglab turibdi.

135524930_4192618680749020_1662650450485353736_o

Manrico Gianelli:

Menga bu o‘zbek futbolchisining bo‘yi baland bo‘lishiga qaramay, fantastik darajada tezkorligi doim yoqqan. Buni “Sampdoriya” va “Latsio”ga qarshi o‘yinlarda ko‘rdik. U o‘z jarima maydonchasidan raqib darvozasiga bo‘lgan masofani bir o‘zi bosib o‘ta oladi.

Franco Truscello:

Shomurodov bizga kerak emas, deb tanqid qilayotganlar qanisiz?

Shomurodov bosh murabbiy fikrini o‘zgartirib yubordi!

Shomurodovga yangi imkoniyat tug‘ildi...

Shomurodov yoki Pyontek? Eldorga qarshi 7 fakt!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azamjon Axmedov
04/01/2021 20:30
Шомуродовни Италия А сериясида ажойиб тўп суриши ўзбек футболини кучайтиришга қўйилган мухим қадам
Дилшод Даврлнов
04/01/2021 19:32
Элдор олга мухлисларинг Узбйкистон Гол кутади ва ишонади охиригача ОМАДОМАДОМАД ГОЛГОЛГОЛ
&
Marufjon
04/01/2021 18:35
Шомуродов мехнаткашлиги ва камтарлиги билан жудаям кўплаб мухлислар қалбидан жой олади худо хохласа
Doniyor Azizov
05/01/2021 17:25
Қачонки Элдорга ўхшаб кучли 5 лик чемпионатларида ўйнайдиган 10 лаб футболчиларимиз етишиб чиқади, кейин Ўзбекистон миллий ТЖ си ЖЧ да қатнашади.
77 77
04/01/2021 19:11
Балладини сехирлик таёкчаси булди шомиродов
&
KIND PRINCE original
04/01/2021 23:56
Элдор кара Сани бутун бошли Узбекистон куллаб кувватлавати. Кибрланиб кетмасдан янада уз устингда ишла. Халкингни сандан умиди котта. Сан узбек углонисан узини курсат кимлигини курсат. Юртимизни Биргина Италиягамас дунёга танитишини биз мухлисларинг хохлимиз. Факат ва факат ОМАД
&
Ilhom Raxmonov SHerobod
06/01/2021 00:18
Eldorga albatta ishonamiz
&
Ilhom Raxmonov SHerobod
06/01/2021 00:18
Eldorga albatta ishonamiz