Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shomurodovning golsiz o‘yini qanday baholandi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Eldor yaxshi o‘ynadi, lekin...

Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Flashscore portali to‘qqizinchi tur doirasida bo‘lib o‘tgan turk Superligasi uchrashuvidan so‘ng futbolchilarga baholar qo‘ydi. 

Mazkur baholarga asos bo‘lgan o‘yinda Istanbul derbisida mahalliy «Beshiktosh» jamoasi o‘z maydonida «Istanbul Bashakshehir» futbolchilari ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ushbu bahsni «Bashakshehir» asosiy tarkibida boshladi va 75 daqiqa maydonda to‘p surdi. Shundan so‘ng u Bertug‘ O‘zg‘urga almashtirildi. Flashscore  tahliliy platformasi o‘zbekistonlik forvard harakatlarini 6,2 ballga baholadi.

Shomurodov maydonda bo‘lgan vaqt mobaynida raqib darvozasi tomon ikki marta zarba yo‘lladi (ko‘zlangan gollar ko‘rsatkichi — xG 0,08), to‘pga jami 19 marta tegdi, shulardan ikkitasi raqib jarima maydoni ichida qayd etildi. 

Eldor 12 uzatmaning sakkiztasini aniq manziliga yetkazdi (aniqlik — 67 foiz), shuningdek, bir marta dribling urinishini ko‘rdi, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Istanbul derbidagi mag‘lubiyat «Bashakshehir»ga ochkolar zahirasini oshirish imkonini bermadi. «Beshiktosh» esa ikkinchi bo‘limda urilgan ikki gol hisobiga uch ochko qo‘lga kiritib, turnir jadvali yuqori qismidagi pozitsiyalarini mustahkamlab oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q