Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi o‘yini qanday baholandi?

  • 9 oktabr, 2023, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyaning sakkizinchi turiga kelib, “Kalyari” jamoasi navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bu gal Klaudio Raneri jamoasi Joze Mourino boshqaruvidagi “Roma”dan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

roma esulta lukaku lapresse

Bu o‘yin “Kalyari”dagi legionerimiz Eldor Shomurodov uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki hujumchimiz hamon “Roma” futbolchisi hisoblanadi va “Kalyari”da vaqtincha o‘ynamoqda.

Klaudio Raneri bu gal Shomurodovni zaxirada olib qoldi va maydonga 74-daqiqada Gaetano Oristanio o‘rniga tushirdi.

Italiya futbolini yoritayotgan https://www.calciomercato.com sayti ekspertlari “Kalyari” futbolchilarining o‘yini quyidagicha baholadi.

Simone Skaffet 6:

Paulo Dibalaga qarshi birga bir vaziyatda ishonchli o‘ynaji. Mavsumdagi debyut uchrashuvini to‘rtta gol bilan “nishonladi”.

Pantelis Xatsidiakos 4,5:

“Roma” bir daqiqada ikkita gol urgan vaziyatning har ikkisida ham gretsiyalik himoyachining aybi bor. Shu bois, tanaffusda o‘rnini Gabriele Dzappaga bo‘shatib berdi.

Gabriele Dzappa 5:

Dzappa ham ishonchni oqlay olmadi. Andre Belotti uni ojiz qoldirib, gol urib ketdi.

Mateush Veteska 4,5:

Bu himoyasi raqib hujumchisi Romelu Lukakuga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Belgiyalik forvard deblini nishonladi.

Adam Obert 5:

Obertning harakati jamoadoshlarinikidan farq qilgani yo‘q. Ancha bo‘sh o‘ynadi. 68-daqiqada o‘rnini Alberto Dossenaga bo‘shatib berdi.

Alberto Dossena 6:

Maydonga tushishi bilan jamoadagi muvozanatni o‘nglay oldi.

Paulo Atstsi 5:

Hujumga yordam berishga urinib ko‘rdi, biroq o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Ibrohim Sulemana 4,5:

Juda ko‘p energiya sarqladi, shunga qaramay, har gal to‘pga kech qoldi. Qo‘pol o‘ynadi va shu bois, 39-daqiqada zaxiraga olindi.

Zito Lumumbo5,5:

Sulemana o‘rniga maydonga tushgan Luvumbo ham o‘z o‘yinini topib olishi ancha qiyin kechdi. Keyin roq, o‘z darajasida o‘ynay boshladi.

Matteo Prati 5,5:

Bahsni yaxshi boshladi, biroq tajribali raqib uning imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi. A Seriyadagi birinchi golini uzoq masofadan urdi. Lekin VAR golni bekor qildi.

Antuan Makumbu 4,5:

Makumbu o‘yinda umuman ko‘ringani yo‘q.

Naytan Nandes 6:

Har bir to‘p uchun kurashdi. O‘yin oxirida penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi.

Gaetano Oristanio 5:

Kuchli raqibga qarshi o‘ynashga tajribasi etishmadi. O‘rnini 74-daqiqada Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Eldor Shomurodov 6:

Shomurodov sobiq jamoasiga qarshi boshqacha o‘ynadi. U juda faol to‘p tepdi, ko‘p harakat qildi. Leonardo Pavolttini juda qulay pozitsiyaga chiqardi.

gettyimages-1578046069-612x612

Andrea Petanya 5,5:

Kurashishga harakat qildi. Lekin hammasi muvaffaqityasiz chiqdi.

Leonardo Pavoletti 6:

Petanya o‘rniga 68-daqiqada maydonga tushgan tajribali hujumchi gol urishga yaqin kelgandi. Biroq imkoniyatdan foydalana olmadi.

Klaudio Raneri 5:

Jamoani murakkab vaziyatdan olib chiqa olmayapti. "Kalyari" oxirgi to‘rt uchrashuvda birorta ochko jamg‘ara olgani yo‘q.

Husanovning “Lill”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Tezkor: Husanov muxlislariga “Lans”dan xushxabar

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
салахидин
09/10/2023 13:58
Факат мактагин
&
Азизжон
09/10/2023 07:06
Элдорни Мавр синдирдида