Shomurodovning ustozi "Lokomotiv" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 21 aprel, 2020, 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin faoliyatini "Lokomotiv" Moskvada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassis bir necha haftadan buyon “temiryo‘lchilar” bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozircha tomonlar kelishuvga erishganicha yo‘q.

Bundan avvalroq, “Lokomotiv”ning amaldagi bosh murabbiyi Yuriy Syomin jamoa bosh direktori Vasiliy Kiknadze bilan kelisha olmayotgani sabab mavsum yakunlangach jamoada ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

22 turdan so‘ng “Rostov” RPL musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Lokomotiv” esa jadvalning 2-pog‘onasidan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!