Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi (foto)

  • 18 aprel, 2024, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futboli tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Klaudio Raneri yoqimli mukofot bilan taqdirlandi.

Tecno

“Kalyari” bosh murabbiyiga “Jentlmen bosh murabbiy” mukofoti topshirildi.

72 yoshli mutaxassisga bu sovrin 2022-2023 yilgi mavsumdagi faoliyati uchun berildi. O‘shanda Raneri shogirdlari A Seriya yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan hal qiluvchi bahsda “Bari”ni mag‘lub etgan edi.

Klaudio Raneri bellashuvdan keyin darrov  muxlislarga murojaat qilib, jamoaning g‘alabasini raqibni tahqirlamagan holda nishonlashni so‘ragan edi.

Tajribali ustoz aynan mana shu harakati uchun nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi.  

Ayni paytda “Kalyari” A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Hal qiluvchi pallada Eldor Shomurodov gollari, paslari va faol o‘yini bilan jamoasiga katta foyda keltiryapti.

Klaudio Raneri uzoq vaqt formasini tiklagan va keyinchalik jarohat olib bir necha oyga safdan chiqqan Eldor Shomurodovni yana o‘z darajasiga ko‘tarilishini sabr bilan kutdi va legionerimizga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon berdi.

Italiyalik mutaxassis jahon futboli murabbiylar orasida o‘z intizomi, bosiqligi, o‘z futbol uslubiga ega ekani, o‘yinchilar bilan yaxshi munosabatini saqlab turishi kabi fazilatlari uchun qattiq hurmat qilinadi.

Klaudio Raneri professional darajadagi murabbiylik faoliyatini 1988 yili hozirgi jamoasi “Kalyari”dan boshlagan. Ungacha “Vigor Lametsiya” va “Puteolana” kabi quyi liga jamoalarida ishlagan.

Keyinchalik Raneri Italiya, Ispaniya, Angliya,  Frantsiya, Gretsiya kabi mamlakatlarda jami yigirmaga yaqin jamoalarni boshqardi.

Taniqli mutaxassis hozirgi “Kalyari” uning klublar miqyosidagi murabbiylik faoliyatida so‘nggi jamoasi bo‘lishini aytgan.

Fayzullaev reytingda peshqadam!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
18/04/2024 23:00
Шомуродов устози..Хахаха.. ранери мукофот олди деса бўлмайдими. shomurod. uz пахтаниям шомуродни чотидан қайта қайта эмаклаб ўтиб қўманглар. Уят бўлади.