Shon O'Melli: "Oq uyda Amerika vakili rossiyalik sportchi bilan jang qilishi mantiqan ham to'g'ri"

  • 26.12.2025 17:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning o‘ta engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Shon O'Melli Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida amaldagi chempion Pyotr Yan bilan jang qilish istagini bildirdi.

"Oq uyda Amerika vakili Rossiya vakiliga qarshi oktagonga chiqishi mantiqan ham to‘g‘ri. Biroq muxlislar Pyotr bilan to‘qnashuvimizni ko‘rishni xohlamaydi. Buni videolarimga qoldirilgan izohlardan bilib olishingiz mumkin. Nima ham derdim: hўp, mayli, siz haqsiz. Yan bilan Merab Dvalishvili o‘rtasidagi trilogiyani kuzating. Men ham bir chetda tomosha qilaman. Biroq kun kelib, siz ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy berganingizdan afsuslanasiz", - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Low Kick MMA" portali.

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili "UFC 316" turnirida O'Melliga qarshi revanш o‘tkazib, 3-raundda sabmishn evaziga g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!