"Sho‘rtan" bosh murabbiyidan voz kechdi

  • 27 aprel, 2023, 21:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liganing 7-turida “Andijon-SGS”ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng  “Sho‘rtan” rahbariyati Aleksey Evstafeev bilan uchrashdi va jamoaning so‘nggi bellashuvlar natijalari tahlil qilindi.

Yig‘ilishdan so‘ng “Sho‘rtan” jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Shu kunga qadar klubni bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Aleksey Evstafeev ikki tomonlama kelishuvga asosan  iste’foga chiqarildi.  

evstafeev1_1

“Sho‘rtan” futbol klubi Aleksey Evstafeevga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va uning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaydi!

Bosh murabbiy vazifasi shu kungacha Aleksey Evstafeevga ko‘maklashib kelgan tajribali murabbiy Anvar Berdievga ishonib topshirildi.

 “Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!