
"Sho‘rtan" tarkibini kuchaytirmoqda. Superligadagi yana ikki nafar futbolchi bilan shartnoma tuzildi
«Sho‘rtan» futbol klubi yangi mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilmoqda. Jamoaga o‘tgan mavsumda Superligada harakat qilgan yana ikki futbolchi kelib qo‘shildi.
Faoliyati davomida Farg‘onaning «Neftchi», Andijonning «Andijon» va Qo‘qonning «Qo‘qon-1912» jamoalarida harakat qilgan hujumkor yarim himoyachi Abdulloh Olimov yangi mavsumda "Sho‘rtan"ga yordam beradi. Futbolchi g‘uzorliklar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
O‘tgan mavsumda Navoiyning «Qizilqum» jamoasi tarkibida bo‘lgan tajribali yarim himoyachi Jo‘rabek Mannonov ham "Sho‘rtan" bilan bir yillik kelishuvga erishdi.
Klub rahbariyati va murabbiylar selektsiya ishlarini davom ettirishmoqda.
"Sho‘rtan" matbuot xizmati.
Fikrlar