Shota Arveladze: Bugun xarakter ko‘rsata oldik

CHERY AUTO

"3 ochko va natija doimo yuqori o‘rinda turadi. Ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi. Bugun xarakter ko‘rsatib, muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Tecno

O‘ylashimcha, futbolchilarni bunday o‘yinlarga tayyorlash muhim. Oradan 3 kun o‘tib OChL doirasida yana bir bahs o‘tkazamiz. Hali o‘z ustimizda ishlaydigan jihatlar ko‘p. Ayniqsa, xuddi o‘tgan galgi o‘yindagidek birinchi goldan so‘ng biroz hotirjamlikka berilyapmiz.

O‘yin avvalidan tarkib tanlash juda ham qiyin, ammo bugun bu borada xato qilmadim deb o‘ylayman. Rotatsiya qilish oson ish emas.

Men «Nasaf» hujumkor o‘ynadi deb o‘ylamayman. Aksincha, himoyaviy o‘yin o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda 1, ikkinchisida esa 4 tagina xavfli vaziyat yaratildi.

Assistentlarim raqiblarni o‘rganib borishmoqda va bo‘lajak raqiblarimiz haqida menda etarlicha ma’lumot bor.

O‘yin tribunada o‘tirgan ishqibozlarga juda manzur bo‘ladigan ko‘rinish oldi, deb o‘ylayman. Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi o‘zgacha bo‘ldi va shunday ob-havoda ham bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
GOAL
06/04/2019 10:10
Yog'gan yomg'ir muxlislarning hakamlarga bo'lgan nolishi
&
Azizbek.
05/04/2019 20:51
"HAKAMLAR" raqiblarni o'rganmoqda
Тохиржан Холмирзаев
05/04/2019 20:37
Шуми узбек фудболининг юзи ПАЗОР ПАЗОР
05/04/2019 21:26
Sendaqa murabbiy butun o'zbek futbolini o'ldiradi yoshlarni "sindirib" topgan puling xalol deb o'ylamayman. Sharmanda! Yana bir marta xakamlik qilganingni ko'rsam televizorni tinchgina o'chirib qo'yaman.(televizorda nima ayb)
05/04/2019 21:26
Sendaqa murabbiy butun o'zbek futbolini o'ldiradi yoshlarni "sindirib" topgan puling xalol deb o'ylamayman. Sharmanda! Yana bir marta xakamlik qilganingni ko'rsam televizorni tinchgina o'chirib qo'yaman.(televizorda nima ayb)