Shota Arveladze: Chempionlik biz uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi lozim
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliga 20-turi doirasida "Metallurg" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, "sherlar" bugungi g‘alaba natijasida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
"Chempionlikka erishganimizdan juda xursandmiz. Bu bizga ko‘proq ishtiyoq berishi kerak. Hali kubok bahslarida g‘alaba qozonishga intilishimiz kerak. Muvaffaqiyatda klubda mehnat qilayotgan barchaning, muxlislarimizning katta hissasi bor.
Ikki yil davomida katta hajmda ishlar bajarildi. Bu biz uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi lozim. Hali mehnat qilishda davom etamiz. O‘zaro tushunishni yaxshi darajaga olib chiqdik", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar