Shota Arveladze: Hali barchasi oldinda

  • 7 iyul, 2019, 22:28
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Biz bu turnirni juda yomon boshlagan edik. Guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan edi va buni uddaladik. O‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Raqib safida yoshlar o‘ynagan bo‘lsa-da, ular xarakterlarini ko‘rsatishga intilishdi. Biz esa ushbu musobaqada chorak finalga chiqishni maqsad qilgandik va bunga erishdik.

Har qanday turnirda "Paxtakor" nomidan maydonga tushamiz. Shu sababli biz klub imijini saqlagan holda bor imkoniyatdan foydalanishga urinamiz. Tan olish kerak, yigitlarda sal ishtiyoq etishmadi. Chunki raqib tarkibini ko‘rgandan keyin baribir boshqacha kayfiyatda o‘ynashdi. Mavsum boshidan beri 24 uchrashuvda maydonga tushdik, terma jamoa a’zolari umuman dam olishmadi. Endi bir hafta mobaynida ular hordiq chiqarishadi. Keyin ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Lekin hozir aniq nimadir deb ayta olmayman. Hamdamov va Abdullaev tez orada maydonga qaytadi, Sidiqovda esa vaziyat jiddiyroq. Komilov va Yaxshiboevni ham kutib qolamiz. Oldinda bizni mavsumning qizg‘in pallasi kutib turibdi.

Birinchi davrada yomon o‘ynamadik. Muxlislar oqimining kamayishiga ob-havoning issiqligini, Ramazon oyini sabab qilgan bo‘lar edim. Bunday issiqda muxlislarga ham oson emas. Qolaversa o‘quvchilar, talabalar ta’tilga chiqishgan va shu bois ularning aksariyati shaharni tark etishdi.

Uchta sovrin uchun kurashyapmiz, o‘ylashimcha, barcha qiziqarli o‘yinlar hali oldinda kutib turibdi. Selektsiya ishlari davom etmoqda va izlanishda davom etyapmiz", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
08/07/2019 09:29
Кулгули холат , Узбекистонда футбол нима учун утказилади , стадионни карангла чиройли лекин бум буш , мустакил булганимизга 28 булибди лекин хали хам футболимиз бир аник йулини топгани йук, уша олди сотди уйинла, уша пойтахт жамоалари чемпион , карочи гапирсанг гап куп
Shaxboz Bekmurodov
08/07/2019 00:17
akademiyangda o‘yinchilar yo‘qmi.tarkibingdagi zo‘rlar hammasi NASAFDAN keganku.NASAF olg‘a
Murod Panjiev
07/07/2019 22:57
Куккондан туртани едингку асосий таркибинг билан хам пахтакорга мураббий керакмас бу таркиб билан сен булмасанг жаноб Арвеладзе пахтакор бунданда яхши уйнайди мураббий булмаса хам
Davron Jenjayev
07/07/2019 22:35
Xali barchasi oldinda deb 2 yil uttib kettiyov