Shota Arveladze jamoasi bilan ketma-ket ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi

  • 09.02.2022 13:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Angliya chempionshipida ish boshlagan Shota Arveladze “Xall Siti” bilan navbatdagi tur doirasida “Derbi Kaunti” mehmoni bo‘ldi.

Ueyn Runi bosh murabbiylik qilayotgan mezbonlar “Xall Siti”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shunday qilib, “Paxtakor”ning sobiq ustozi “Xall Siti”dagi uchinchi o‘yinini o‘tkazib, hozircha 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyatga uchradi. Undan avval esa o‘z maydonida “Preston”ga ham mag‘lub bo‘lgan – 0:1.

Arveladze jamoasi keyingi turni 12 fevral kuni o‘z maydonida “Fulxem”ga qarshi o‘tkazadi. Ayni chog‘da “Xall Siti” 32 ochko bilan turnir jadvalida 19-pog‘onada boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!