
Shota Arveladze: OChLda afsuslanarli mag‘lubiyatga uchradik. Lekin hayot davom etadi va g‘alaba uchun o‘ynaymiz
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze AGMK bilan uchrashuv arafasida o‘yin haqida fikrlarini aytib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Saudiya Arabistonida afsuslanarli mag‘lubiyatga uchradik. Lekin hayot davom etadi va biz yangi sinovlarga tayyor turishimiz lozim. Oldimizda chempionatning yana bir jiddiy o‘yini turibdi. Barcha bizga qarshi o‘zini ko‘rsatishni xohlaydi. Uchrashuvga jiddiy hozirlik ko‘rishni davom ettiryapmiz. Superligada bor kuch bilan o‘ynash darkor, hozir ochkolar yo‘qotishning vaqti emas. G‘alaba qozonish orqali ishqibozlarning kayfiyatini ko‘tarmoqchimiz, - dedi murabbiy.
Fikrlar