Shtayner: "Verstappenda eng tezkor mashina yo‘qligi uning o‘ziga foyda"
"Xaas" jamoasining sobiq rahbari, hozirda ekspert Gyunter Shtayner Formula-1ning joriy mavsumidagi chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.
"Hech kim doimiy ravishda hukmronlik qila olmasligi juda yaxshi. Lyuis Xemilton necha yil g‘alaba qozondi? "Mersedes"ning etti-sakkiz yillik etakchiligi davomida muxlislar zerikib qolishdi. "Red Bull" bir necha yil davomida ustunlikka ega edi va endi "Maklaren"ning vaqti keldi.
Maks Verstappenda eng yaxshi mashina yo‘qligi va kurashishiga to‘g‘ri kelishi uning o‘zi uchun juda yaxshi. Shunday qilib, biz "Red Bull"ning maksimal foyda olishga intilishlarini ko‘rishimiz mumkin. Maks jang qilishni yaxshi ko‘radi, agar unda bu yil ham dominant mashina bo‘lganda, odamlar uni tezkor mashina evaziga chempion bo‘lgan omadli yigit deb eslab qolishar edi. Bu yil u eng yaxshi bo‘lmagan bolidda 2 ta poygada g‘olib chiqdi", - dedi Shtayner YouTube’dagi GPblog Nederland kanalidagi videoda.
Fikrlar