
Shu kungacha bu ishni Italiya terma jamoasida faqat 2 ta murabbiy uddalay olgandi
Italiya terma jamoasi kecha “JCh-2022” saralashining ilk turida o‘z maydonida Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida zafar quchdi.
E’tiborlisi, Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida o‘z maydonida ketma-ket 15 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan 3 mutaxassisdan biriga aylandi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, Manchinidan oldin ushbu natijani qayd etish Entso Bearzotu va Marchello Lippiga nasib etgan xolos.
Ma’lumot uchun, Manchini "Skuadra Adzurra"ni 2018 yilning may oyidan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar