Shuhrat Arslonov: Yilning eng yaxshi kurashchisi deb topilganimdan xursandman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi 2017 yilning eng yaxshilarni aniqladi.

Unda hamyurtimiz jahon chempioni Shuhrat Arslonov “Yilning eng yaxshi kurashchisi” deb topildi. U joriy yilda Yopiq inshoatlar va Jang san’atlari bo‘yicha V-Osiyo o‘yinlarida oltin medalni,  Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII–xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi.

"Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi tomonidan 2017 yilning eng yaxshi kurashchisi deb topilganimdan xursandman. Joriy yil men uchun juda muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu g‘alabalarim bilan to‘xtab qolmayman.  2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishga bor kuch-g‘ayratim bilan xarakat qilaman" - deydi Shuhrat Arslonov Sports.uz saytiga bergan intervyusida

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon va Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi prezidenti hamyurtimiz Komil Ro‘ziev “Kurash rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlanadi.

Tailandlik Pulsak Sajatamnukul “Yilning eng yaxshi hakami”, eronlik Hosro Dalir Moeyn “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, Xitoy Taypeyidan Xsen-Tsu Yang “Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi”, Janubiy Koreya kurash federatsiyasi “Yilning eng yaxshi federatsiyasi”, Turkmanistonda o‘tkazilgan Yopiq inshootlar va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining kurash musobaqasi “Yilning eng yaxshi musobaqasi”, 2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga kurashning rasman kiritilgani “Yilning eng yaxshi voqeasi”, deya e’tirof etildi.

""Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi tomonidan 2017 yilning  eng yaxshi kurashchisi deb topilganimdan xursandman. Joriy yil men uchun juda muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu g‘alabalarim bilan to‘xtab qolmayman.  2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishga bor kuch-g‘ayratim bilan xarakat qilaman" - deydi Shuhrat Arslonov Sports.uz saytiga bergan intervyusida

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!