
Shuhrat Boboev ham chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Ayni damda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shuhrat Boboev 1/16 finalda moldovalik Oleg Kretulga qarshi kurash olib bordi. Tajribali sportchimiz vazari bahosi evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Shuhrat Boboev chorak finalda Buyuk Britaniya vakili Elliot Styuartga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar