
Shuhrat Muhammadievning jarohati qanday va u qachon safga qaytadi?
Xabaringiz bor bugun Coca-Cola Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Nasaf” va”Lokomotiv” uchrashuvida “temiryo‘lchilar” himoyachisi Shuhrat Muhammadiev jiddiy jarohat olib kasalxonaga olib ketilgan edi.
“Loko” bosh shifokori Abro Pirriev esa Muhammadievning ayni damdagi holati, jarohati va qachon safga qaytishi haqida gapirib o‘tdi.
“Shuhrat Muhammadievda hozircha o‘ng oyoq kichik boldirining pastki uchdan bir qismini yopiq sinib, joyidan siljishi va tovonning yarim chiqishi tashhisi qo‘yildi. Uni kasalxonaga olib borib tekshiruvdan o‘tkazdik va oyog‘ini gips qildirdik.
Endi hammasi biz tahmin qilgandek o‘ta jiddiy bo‘lib chiqmasa, to‘rt oydan so‘ng, ya’ni oktyabr oylarida safga qaytishi mumkin”, - deydi jamoa shifokori.
Fikrlar