
Shupo-Moting PSJ bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti
Hujumchi Erik-Maksim Shupo-Moting PSJ bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamayapti. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.
31 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy sentyabr oyida o‘z nihoyasiga etdi va u ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Shupo-Moting o‘tgan mavsum PSJ safida Chempionlar ligasining barcha uchrashuvlarida ishtirok etdi. Frantsuz grandi esa finalgacha etib borib, hal qiluvchi bahsda “Bavariya”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar