Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Bastian Shvaynshtayger har bir mamlakatning eng yaxshi futbolchilarini sanab o‘tdi.

O‘z vaqtida "Bavariya" va "Manchester Yunayted" singari Evropaning grand klublarida to‘p tepgan germaniyalik sobiq futbolchi, etakchi terma jamoalarning eng yaxshi futbolchilarini aytib o‘tdi. Shvaynshtayger Ispaniyaning  eng yaxshi futbolchisi deb Lamin Yamalni e’tirof etdi. Argentina va Portugaliyada syurprizlar bo‘lmadi hamda Messi va Ronaldu ismini tilga oldi. Braziliyaga kelganida esa Ronaldo Nazarioni emas Peleni tanlashini aytib o‘tdi. Angliyada Charlton, Frantsiyada Zidan, Niderlandiyada Yoxan Kroyf hamda o‘z yurtidan Frents Bekkenbauerni eng zo‘rlari deb atadi.

Ma’lumot uchun, Shvaynshtayger 2016 yilda futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!