
Shveytsariyalik futbolchi saunada vafot etdi
Shveytsariyaning "Lozanna Ushi" klubi himoyachisi Elia Alessandro 25 yoshida baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. Bu haqda mamlakat futbol ligasi rasmiy sayti xabar berdi.
"Sen bizning abadiy sardorimiz bo‘lib qolasan. "Qizil-oqlar" Elia oilasi uchun motam tutmoqda. Biz yaqin do‘stimiz, buyuk jamoadoshimizni yo‘qotdik", — dedi klub matbuot xizmati o‘z bayonotida.
Manbaga ko‘ra, himoyachi 16 dekabr, juma kuni Maskatdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda basseynda cho‘milayotgan vaqtida vafot etgan. O‘limning aniq sababi hozircha noma’lum.
Alessandro "Tun", "Kyasso", "Krins", "Yang Boyz" kabi klublarda, shuningdek, Shveytsariya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan.
Fikrlar