
Silva: ”Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz edi”
Portugaliya terma jamoasi "Evro-2024" chorak finalida Frantsiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandan so‘ng, jamoa etakchilaridan biri Bernardu Silva terma jamoa o‘zining eng yaxshi o‘yinini o‘tkazganini aytdi.
- Bu Portugaliyaning Evrodagi eng yaxshi o‘yinimi?
- Uchrashuvdan olgan taassurotim ha, bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi. Lekin bu futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
Kecha matbuot anjumanida aytdimki, katta, ammo qisqa turnirlarda har doim ham eng yaxshilar yoki eng yaxshi o‘ynaganlar g‘alaba qozonmaydi. Bu safar ham xuddi shunday bo‘ldi. 1/8 finalda Sloveniya uchun ham shunday bo‘ldi. Bu safar - biz uchun.
Biz davom etamiz. Bu uchrashuv bizga saboq bo‘ldi, - dedi Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva.
Fikrlar