
Silva va Aguero juftligi APL tarixiga kirdi
"Manchester Siti" ayni damda APLning so‘nggi 38-turi doirasida safarda "Brayton"ga qarshi bahs olib bormoqda. Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob 1:2 “shaharliklar foydasiga.
“Siti”ning o‘yindagi birinchi goli David Silvaning Serxio Agueroga amalga oshirgan uzatmasidan so‘ng kiritildi. E’tiborlisi, bu argentinalik futbolchining joriy mavsum premer-liga doirasida ispaniyalik jamoadoshining pasidan so‘ng kiritgan 18-gol bo‘ldi.
Opta Joe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Silva-Aguero juftligi sermaxsullik borasida APL tarixida faqatgina Anderton-Sheringem (20), Makmanaman-Fauler (20) va Lempard-Drogba (24) juftliklaridan keyingi natijani qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, agar “Manchester Siti” bugungi bahsda g‘alaba qozonsa, qatorasiga ikkinchi mavsum chempionlikni qo‘lga kiritadi.
Fikrlar