Sindarov va Abdusattorov uchun chempionlik bahslari yaqinlashmoqda

  • 28.01.2026 16:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Xabaringiz bor, Niderlaniyaning Veyk-an-Zeэ shahri mezbonligida o‘tkazilayotgan “Tata Steel Chess 2026” musobaqasining hal qluvchi bahslariga yetib keldik.

O‘zbekcha derbidagi durangdan so‘ng, hamyurtlarimiz hamon turnirda peshqadamlik qilmoqda. Nodirbek 6 ochko bilan birinchi o‘rinda, Javohir esa 5.5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ta’kidlash lozimki, 10 turda Sindarov eng asosiy raqobatchilaridan biri Jorden van Forestga qarshi bahs olib boradi. Ayni vaqtda ikki shaxmatchilarning ochkolar soni bir xil, faqatgina qo‘shimcha statistikalar nuqtai nazaridan Javohir niderlandiyalik raqibidan balandroqda.

Abdusattorov esa oq donalardan Vladimir Fedoseevni mag‘lub etishga harakat qiladi, birgina xato bugunning o‘zida hamyurtimizni uchinchi o‘ringa tushirib yuborishi mumkin.

Bugungi partiyalarda yigitlarimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!