Sirlar ochilmoqda: Mareska rahbarlar aytgan futbolchilarni o‘ynatishga majbur bo‘lgan

  • 03.01.2026 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Eslatib o‘tamiz, Mareska “aristokratlar” jamoasida bir yarim yil davomida bosh murabbiy lavozimida faoliyat yuritdi.

Italiyalik mutaxassis Enzo Mareska 1 yanvar kuni “Chelsi” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandan keyin klubning ichki muhiti oid ma’lumotlar ham jamoatchilik e’tiboriga havola qilina boshlandi.

Jamoa uning qo‘l ostida 2025 yil davomida UEFA Konferensiyalar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shunga qaramay, klub rahbariyati joriy mavsumdagi natijalardan qoniqmagan holda 45 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqardi.

The Athletic nashri Mareskaga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, murabbiy jamoa tarkibini to‘liq o‘z xohishiga ko‘ra tanlay olmagan. Klub rahbarlari ayrim futbolchilarni maydonga tushirishni talab qilgan. Bu bosim kerakli o‘yinchilarning  transfer qiymati oshishi yoki pasayib ketmasligi uchun uyushtirilgani aytilmoqda.

“Chelsi” vakillari tobora ko‘payib borayotgan bu turdagi ma’lumotlarning haqiqat ekanini inkor etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!