
“Siti” 100 million evrolik transferlarni ko‘zlamoqda
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida “Aston Villa”ning ikki futbolchisi uchun 100 million evrodan voz kechishga tayyor.
Xosep Gvardiola 25 yoshli Jek Grilish va 22 yashar Duglas Luizni o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi.
Angliya terma jamoasi o‘yinchisi Jek Grilish joriy mavsumda premer-ligada sakkizta uchrashuvda beshta gol urib, oltita golli pas uzatdi. Bu futbolchiga anchadan beri “Manchester Yunayted” ham xaridor bo‘lmoqda.
Tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p surayotgan braziliyalik Duglas Luiz sakkizta bahsda o‘z vazifasini uddalash barobarida ikki marta jamoadoshlarining goliga hammuallif bo‘ldi.
Fikrlar