“Siti” bilan chempionlik to‘qnashuvi oldidan “Arsenal”da kutilmagan inqiroz yuzaga keldi
“Manchester Siti” 19 aprel kuni oʻz maydonida Angliya Premier-ligasi peshqadami “Arsenao”ni qabul qiladi. Boʻlajak toʻqnashuvdagi gʻalaba Xosep Gvardiola shogirdlariga ochkolar hisobida “kanonirlar”ga tenglashib olish imkonini beradi.
Ana shunday muhim uchrashuv oldidan londonliklar safida tarkib masalasida muammolar chiqa boshlandi.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, oxirgi mashgʻulotlarda besh nafar fubolchi – Rikkardo Kalafiori, Martin Edegor, Deklan Rays, Bukayo Saka va Yurrien Timber ishtirok etmagani xavotir uygʻotdi.
Yaqinda “Arsenal” oʻz maydonida “Bornmut”ga 1:2 hisobida yutqazgan uchrashuvda toʻdiq oʻynagan Deklan Raysning mashgʻulotga chiqmagani kutilmagan voqea boʻldi.
Bukayo Saka hali ham mushak muammolaridan aziyat chekmoqda, shu sabab u soʻnggi uchta oʻyinni oʻtkazib yubordi, jamoa sardori Martin Edegor esa Lissabonda “Sporting”ga qarshi birinchi oʻyinda olgan tizza jarohati sabab maydonga chiqmayapti.
Yurrien Timber va Rikkardo Kalafiorining umumiy guruh mashgʻulotlarida qatnashmayotgani ham Mikel Artetaning tarkib tanlash imkoniyatlarini cheklaydi.
Agar bu futbolchilar 19 aprelda boʻladigan mavsumning eng muhim oʻyinigacha tiklana olmasa, boʻlajak uchrashuvda “Manchester Siti” favoritga aylanadi.
Fikrlar