“Siti” dahshatli summaga ikkita transfer qiladi
“Manchester Siti” rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida ikkita yuqori klassli yarim himoyachilar transferiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ayni paytda manchesterliklar “Nyukasl”dan Sandro Tonali va “Nottingem Forest”dan Elliot Andersonni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.Umumiy transfer summasi 220 million yevroni tashkil qilishi mumkin, “shaharliklar” bunday mablag‘ni sarflashga tayyor, deb xabar berdi TEAMtalk nashri.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, yozda Rodri va Bernardu Silva jamoani tark etishi kutilyapti, shuning uchun yarim himoya chizig‘i kuchaytirish ehtiyoji paydo bo‘lmoqda.
Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi, bozor qiymati esa 80 million yevroni tashkil etadi.
Elliot Anderson 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan, qiymati esa 60 million yevroga baholanmoqda.
Fikrlar