“Siti” direktori klub tarixidagi eng qimmat supertransferga munosabat bildirdi

  • 02.09.2026 19:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” sport direktori Ugu Viana “Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandezning transferi haqida fikr bildirdi.

- Enzo universal yarim himoyachi: texnik jihatdan iqtidorli, mehnatkash, kurashuvchan va gol ura oladi. U futbolning turli uslublarida samarali harakat qila oladi. To‘p nazoratiga asoslangan o‘yinda o‘zini qulay his qiladi, shu bilan birga tezkor qarshi hujumlarda ham o‘zini juda yaxshi his qiladi.

25 yoshidayoq jahon chempionatining ikki finalida o‘ynagani va bir nechta mamlakatlarda yirik sovrinlarni qo‘lga kiritgani uning darajasini o‘ziyok ko‘rsatib turibdi. Bu uning mentaliteti, professionalligi va texnik sifatlari haqida ko‘p narsani aytib beradi. Biz uni tarkibga qo‘shganimizdan juda xursandmiz va u jamoamizni kuchaytirishiga ishonamiz.

“Manchester Siti”dagi barcha insonlar Enzoni iliq kutib oladi va unga faoliyatining yangi bosqichida omad tilaydi. Biz uni tez orada moviy formada ko‘rish imkoniyatini intiqilik bilan kutmoqdamiz, - deya Viananing so‘zlarini klub rasmiy sayti keltirmoqda.

Fernandesni olish uchun Manchester jamoasi 145 million yevro xarajat qildi va bu klub tarixidagi eng qimmat xarid bo‘ldi. Argentinalik futbolchi besh yillik bitimga imzo chekdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!