"Siti" etakchi futbolchisini ikki barobar arzoniga sotishga rozi bo‘ldi

  • 14 may, 2020, 06:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Bavariya" mutasaddilariga yarim himoyachi Leroy Sanening transfer narxini ma’lum qildi.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, myunxenliklar xavbek bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi ikkala klub o‘rtasida transfer summasi bo‘yicha tomonlar muzokaralar stoliga o‘tirishlari kerak bo‘ladi.

"Shaharliklar" Sanening transferi uchun nemis klubidan 50 million evro talab qilishmoqda, ammo "Bavariya" tomoni ushbu xarid uchun 40 million evrodan ortiq byudjet ajratmoqchi emas.

Transfermarkt nashri manbasiga ko‘ra, Sane joriy yil boshida 100 million evroga baholanayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!