"Siti" faxriy futbolchilariga klub tizimida ish taklif qilmoqda

  • 20 oktabr, 2020, 15:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin, professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan himoyachi Pablo Sabaleta yaqin vaqtlar ichida "Manchester Siti"ga qaytishi mumkin.

Tecno

Shaharliklar rahbariyati argentinalikka qanday lavozim taklif qilayotgani haqida to‘lik ma’lumot berilmagan, biroq Daily Mail nashri Sabaleta Manchesterga qaytishi oydinlashayotgani haqida ma’lum qildi.

Bungacha, sobiq "Manchester Siti" futbolchilaridan Patrik Vieyra va Joleon Leskott klub tizimida ish boshlagan edi.

35 yoshli Pablo Sabaleta 2008-2017 yillar mobaynida "Siti" libosida to‘p surib, 200 dan ziyod uchrashuvda maydonda harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!