“Siti” futbolchilari ham bor! APLning eng zo‘r transferlari o‘nligi e’lon qilindi
Nufuzli manba – Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri Angliya Premier-ligasining 2025-2026 yillardagi transferlarini o‘rganib chiqib, o‘tgan yoz va yanvarda amalga oshirilgan eng omadli savdolar reytingini tuzdi.
Birinchi o‘rinni yozda “Brentford”dan “Manchester Yunayted” ko‘chib o‘tgan va yangi jamoasida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan hujumchi Brayan Mbemo egalladi.
Ushbu reytingga “Manchester Siti”ning yangi o‘yinchilari – PSJdan transfer qilingan italyalik darvozabon Janluiji Donnarumma va angliyalik himoyachi Mark Gexi ham kiritildi.
Eng yaxshi transferlar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Brayan Mbemo — «Brentford»dan «Manchester Yunayted»ga.
- Granit Jaka — «Bayer»dan «Sanderlend»ga.
- Mark Gexi — «Kristal Pэlas»dan «Manchester Siti»ga.
- Senne Lammens — «Antverpen»dan «Manchester Yunayted»ga.
- Janluidji Donnarumma — «PSJ»dan «Manchester Siti»ga.
- Martin Subimendi — «Real Sosyedad»dan «Arsenal»ga.
- Ugo Ekitike — «Ayntraxht»dan «Liverpul»ga.
- Robin Rufs — «NEK Neymegen»dan «Sanderlend»ga.
- Jordан Henderson — «Ayaks»dan «Brentford»ga.
Fikrlar