“Siti” Germaniyadan futbolchi kutyapti
“Manchester Siti” rahbariyati tarkibni kuchaytirish masalasida Germaniya milliy terma jamoasi va Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Feliks Nmechaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bu haqida Sky Sport Germany nashri jurnalisti Patrik Berger X ijtimoiy tarmog'ida xabar qildi.
Ayni paytda Nmecha yiliga 5–6 million yevro maosh oladi. Dortmundliklar uning oyligini oshirishga tayyor.
Joriy mavsumda Nmecha barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.
Germaniya terma jamoasi safida himoyachi olti uchrashuv o'tkazgan.
Fikrlar