
"Siti" himoyachi sotib olib, uni "Lans"ga ijaraga bermoqchi
"Manchester Siti" klubi 2004 yilda tug‘ilgan "Valyadolid" himoyachisi Juma Bahni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
"Ayni vaqtga kelib, futbolchi va klub o‘rtasida og‘zaki kelishuv amalga oshgan. "Shaharliklar" 19 yoshli himoyachini sotib olib, uni "Lans"ga ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Abduqodir Husanovning transferidan so‘ng "Siti" hamda "Lans" bilan munosabatlar ancha yaxshi.
"Transfer uchun dadil qadamlar tashlangan. Tez orada - "HERE WE GO", - deya yozib qoldirdi Romano.
Ta’kidlash kerak, Manchester klubi kecha Husanov transferini e’lon qildi.
Fikrlar