“Siti” himoyachisi Italiya top-klublariga shart qo‘ydi

  • 05.05.2026 17:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning tajribali markaziy himoyachisi Natan Ake yozgi transferlar oynasi davrida o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.

Ayni paytda niderlandiyalik futbolchiga bir necha ligalardan qiziqish bo‘lyapti. Akening o‘ziga Italiya chempionati jozibador ko‘rinmoqda.

Bu haqida Eindhovens Dagblad va Voetbal International nashrlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Natan Ake anchadan beri Italiya A Seriyaga qiziqish bildirib keladi. Ayni paytda bu liga top-klublaridan “Yuventus”, “Milan” va “Roma” markaziy himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.

Natan Akening roziligini olish va bu transfer amalga oshishi uchun har uchala jamoa kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishi kerak.

2020 yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelayotgan Natan Akening shartnomasi tugashiga yana bir yil bor. Biroq “shaharliklar” bu o‘yinchini qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Natan Ake terma jamoadagi joyini saqlab qolishi uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi talab etilyapti. Hozirgi vaqtgacha himoyachi Niderlandiya terma jamoasi safida 58 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!