Gvardiola qimmatbaho hujumchini tanladi

  • 26.06.2022 23:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ning hujumkorligini oshirish uchun yangi hujumchi olishga qaror qildi. Ispaniyalik mutaxassis bu pozitsiyasiga “Atletiko” vakili Joau Feliksni tanladi.

Yozda “Siti” rahbariyati Gabriel Jezus va Rahim Sterling bilan xayrlashishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi aynan mana shu o‘yinchilar o‘rniga olib kelinadi.

Sterling chempionlik mavsumida 30 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘ydi. Jezus esa, 27 marta maydonga tushib, sakkizta to‘p kiritdi.

“Atletiko” hujumchisi Joau Feliks esa Ispaniya chempionatida 23 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi. Uning transferi 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!